Kaspiy dengizida 14 harbiy xizmatchi halok boʻldi: 6 mansabdor shaxs hibsga olindi
Qozogʻiston Ichki ishlar vazirligi Kaspiy dengizidagi 14 nafar harbiy xizmatchining halok boʻlgan fojiasi boʻyicha dastlabki tergov jarayoni haqida maʼlumot berdi. Vazirlik matbuot xizmati NUR.KZ muxbiriga bildirishicha, harbiy tergov departamenti rahbarligidagi idoralararo operativ-tergov guruhi dastlabki tergovni davom ettirmoqda. Voqea Oqtauda sodir boʻlgan.