Bolalar saratonini davolashda xarajatlarni toʻliq qoplash tizimi yaratiladi
Oʻzbekistonda onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar hamda oʻsmirlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida 2025–2035 yillarga moʻljallangan Milliy reja qabul qilindi. Reja soha boshqaruvi va barqaror moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratadi.