Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari yuqori darajadagi kelishuvlar ijrosini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda ish safari dasturi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Suhbat boshida Mirziyoyev Ozarbayjon rahbarini Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari boʻyicha Kengashga (CICA) raislik qilgani hamda yettinchi sammitni tashkil etgani bilan samimiy tabrikladi.