Oʻzbekiston tabiiy gazni chuqur qayta ishlashni kengaytiradi
Oʻzbekiston tabiiy gazdan faqat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilgʻi sifatida foydalanish oʻrniga, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar olish maqsadida chuqur qayta ishlashni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bu haqda 16-oktabrda yoqilgʻi-energetika sohasi investorlari bilan ochiq muloqotda maʼlum qildi.