Qirgʻiziston va Armaniston sunʼiy intellekt sohasida qoʻshma korxona tuzishi mumkin
Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bir kun oldin Yerevanda Armaniston Prezidenti Vahagn Xachaturyan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar iqtisodiyot, investitsiyalar, transport, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.