Siyosat
Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonun imzolandi
Davlatimiz rahbari “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Qonunga koʻra, Konstitutsiyaviy sud qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi. Sud, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston qonunlariga muvofiqligini aniqlaydi va Oliy sud tashabbusi bilan kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqadi. Oʻz vakolatlari doirasida Konstitutsiya va qonunlarni sharhlaydi.