Rkail Zaydulla Qozogʻistonda xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Qozogʻistonning Almati shahridagi Abay nomidagi Qozoq davlat pedagogika universitetida “Madaniyat va sivilizatsiyaning bir turi boʻlgan koʻchmanchilikka zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Unda Qozogʻiston, AQSH, Shvetsiya, Niderlandiya, Turkiya, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tatariston olimlari hamda sanʼat mutaxassislari ishtirok etdi.