Aliyev: Armaniston oʻt ochishni toʻxtatish rejimini buzdi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2020-yil 19-oktabrda Rossiyaning TASS axborot agentligiga video intervyu berdi. Day.Az buni AZERTAGʻga havola qilib taqdim etdi. Togʻli Qorabogʻ mavzusida savollarga javob bergan Aliyev, Armanistonning Moskvada kelishilgan oʻt ochishni toʻxtatish rejimini jiddiy buzganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Ganja shahri tunda hujumga uchragan, turar-joy kvartallari zarbaga olingan va koʻp odam halok boʻlgan hamda yaralangan.