Qozogʻistondagi qadimiy Bayte-3 ibodatxonasi koʻchmanchilar ruhiy olamini yoritadi
Miloddan avvalgi IV–III asrlarga oid qadimiy Bayte-3 ibodatxonasi Gʻarbiy Qozogʻistonning Ustyurt dashtida joylashgan. Qazinform axborot agentligining xabar berishicha, asrlar davomida qum ostida qolgan bu inshoot ilk koʻchmanchi xalqlarning eʼtiqodi va dunyoqarashi haqida noyob maʼlumot beradi. Mangistau viloyatida, Sai-Otes qishlogʻidan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda joylashgan hudud 1998-yilda Gʻarbiy Qozogʻiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan.