Pensiya aktivlarining 30 foizigacha qismi xususiy boshqaruvchilarga berilishi rejalashtirilmoqda
Qozogʻistonda mahalliy xususiy kompaniyalar boshqaradigan pensiya aktivlarining ulushini 2030-yilga borib 20–30 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi bu Milliy bank bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2030-yilgacha kapital bozorini rivojlantirish dasturining bir yoʻnalishi ekanini bildirdi.