Eron tashqi ishlar vaziri: Armaniston doʻstlarimizga ishonamiz
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arogʻchi oktyabrning 16 kuni Yerevanda jurnalistlarga bergan izohida Eronning AQSh ning mintaqada va oʻz atrofida har qanday shaklda mavjudligidan xavotirda ekanini aytdi. U Tehron Armanistonning Eron xavfsizligiga qarshi qadam tashlamasiga ishonishini bildirdi.