Ozarbayjon va Eron tabiiy gaz savdosini qayta boshladi
Ozarbayjon Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Eronga 175,237 million kub metr tabiiy gaz eksport qilib, 11,793 million dollar daromad olgan. Shu davrda mamlakat janubiy qoʻshnisidan koʻproq gaz import qilgan: 215,022 million kub metr, qiymati 14,471 million dollar.