Oʻzbekiston portlashdan keyin ham Rossiya gazini olishda davom etmoqda
Oʻzbekiston Rossiyadagi “Oʻrta Osiyo — Markaz” magistral gaz quvuridagi portlashga qaramay, mavjud kelishuvlar doirasida Rossiya gazini olishni davom ettirmoqda. Energetika va Iqtisodiyot va moliya vazirliklari vakillari bu haqda 14-oktabr kuni energetika tariflarini isloh qilishga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilishdi.