Qozogʻistonda ijtimoiy toʻlovlarning 14 turiga oʻzgartirish kiritiladi
Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini raqamlashtirish masalalari boʻyicha maslahat oʻtkazdi. Egemen Qazaqstan hukumat matbuot xizmatiga tayanib xabar berganiga koʻra, yigʻilishda davlat yordamining haqiqatan muhtoj fuqarolarga yetishi va korxonalarda mehnat huquqlariga rioya etilishi uchun raqamli yechimlar koʻrib chiqildi.