Qirgʻiziston koʻchmas mulk va qarz bitimlarida naqd pul toʻloviga limit kiritmoqchi
Qirgʻizistonda Iqtisodiyot vazirligi, Milliy bank, Soliq xizmati va Yer resurslari davlat agentligi koʻchmas mulk bitimlari hamda qarz berishda naqd pul hisob-kitoblari uchun chegaraviy summani belgilovchi normativ hujjat ishlab chiqishi topshirildi. Topshiriqni Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyev 2026-yil 29-sentabrdagi 653-sonli qarorida berdi.