Oʻzbekistonda 2030-yilgacha 5 ming km elektr tarmogʻi va 16 ta yirik podstansiya quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezident yangi stansiyalar bilan birga elektrni isteʼmolchiga yetkazib beradigan tarmoqlarni ham rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari oʻzaro bogʻliq holda ishlashi kerak.