Mirziyoyev Boku sammitida sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalanishni taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning (OHICHK) yettinchi sammitida ishtirok etdi. 1992-yilda tashkil etilgan platformaga 28 ta aʼzo davlat, 9 ta kuzatuvchi mamlakat va 5 ta xalqaro tashkilot birlashgan.