Oʻzbekistonning OXICHK Boku sammitidagi tashabbuslari: ishonch va hamkorlik
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bokuda boʻlib oʻtgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash (OXICHK) VII sammitidagi nutqi mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama hamkorlik kelajagi muhokamasida muhim ahamiyat kasb etdi. UzA xabariga koʻra, prezident ilgari surgan tashabbuslar mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda hamda Oʻzbekiston yondashuviga ijobiy munosabat bildirilmoqda.