Saidov Batumida Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze bilan savdo masalasini muhokama qildi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Batumida Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze bilan uchrashdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini kengaytirish, oʻzaro savdo aylanmasini oshirish hamda transport-logistika sohasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv boshida Saidov Kobaxidzega Prezident Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng yaxshi tilaklarini yetkazdi.