Ilhom Aliyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 14-oktabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Yini qabul qildi. Prezident Xitoyga davlat tashrifini, tashrif davomidagi Si Tszinpin bilan uchrashuvlarini va ikki davlat oʻrtasida Strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot qabul qilinganini mamnuniyat bilan eslatib, ikki tomonlama munosabatlar yangi darajaga koʻtarilganini qayd etdi.