Oʻzbekiston fuqarolari uchun 2027-yil 1-iyuldan Qozogʻistonga kirishda ETA majburiy boʻladi
Qozogʻiston 2027-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston fuqarolaridan vizasiz kirish uchun ETA elektron ruxsatnomasini olishni talab qiladi. Ariza safardan kamida 72 soat oldin QazETA ilovasi orqali topshirilishi kerak. ETA vizasiz rejimni bekor qilmaydi va kirishni kafolatlamaydi; yakuniy qarorni Qozogʻistonning chegara organlari qabul qiladi.