Sadir Japarov: Ayil okmotlari yerlarni bir kilogramm polov va saunaga kirish evaziga bergan
Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov mahalliy amaldorlarning davlat yerlarini bir kilogramm polov yoki bir marta saunaga borish evaziga taqsimlaganini aytdi. Japarov bu gapni Bozor-Qoʻrgʻon tumanidan bir fuqaro bilan uchrashuvda bildirdi. Fuqaro bir necha yil oldin unga yer ajratilganini aytgan.