Turkiy davlatlarning yoshlar siyosatida yangi qadam
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) aʼzo va kuzatuvchi davlatlarining yoshlar va sport masalalari boʻyicha masʼul vazirlarining 10-yubiley yigʻilishi Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi «Ak-Keme» mehmonxonasida boʻlib oʻtdi. Qirgʻiziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Mirbek Mambetaliev raisligidagi tadbirda Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qozogʻiston delegatsiyalari hamda TDT Bosh kotibi oʻrinbosari Nuri Guliyev ishtirok etdi.