Qirgʻizistonda eng kam ish haqini 2027-yilda deyarli uch baravar oshirish taklif qilinmoqda
Qirgʻiziston 2027-yildan boshlab eng kam ish haqini 3 280 soʻmdan 9 800 soʻmgacha oshirishni taklif qilmoqda. Agar parlament tashabbusni qoʻllab-quvvatlasa, qonun boʻyicha belgilangan minimal ish haqi 6 520 soʻmga, yaʼni 198,8% ga koʻpayadi. Taklif 2027-yil va 2028–2029-yillarni qamrab olgan respublika byudjeti loyihasida koʻrsatilgan.