Japarov Pashinyanni Bishkekdagi togʻ sammitiga taklif qildi
Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov 17-oktyabr kuni Yerevanda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan kengaytirilgan formatda muzokaralar oʻtkazdi. Kabar nashrining xabar berishicha, uchrashuv davomida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish va togʻ ekotizimlarini saqlash sohasidagi hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdi.