Turkmaniston delegatsiyasi Tojikistondan qaytdi
Turkmaniston Bosh vazir oʻrinbosari Xojamurat Geldimuradov boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyurib, Doʻshanbeda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) aʼzo davlatlari hukumat rahbarlarining kengaytirilgan majlisida ishtirok etdi. Delegatsiya 20-oktyabrda majlisda faxriy mehmon sifatida qatnashdi va keyin Tojikistondan qaytdi.