Samarqandda 150 oʻrinli “Imkon” reabilitatsiya markazi ochildi
Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot” xalqaro sammiti doirasida 150 oʻrinli “Imkon” reabilitatsiya markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.