Prezident Socar va British Petroleum bilan hamkorlikdagi loyihalar borishini muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yonilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Ozarbayjonning Socar kompaniyasi rahbari Rovshan Najaf va British Petroleum kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jovanni Kristofolinini qabul qildi.