Qirgʻizistonda 16-oktyabrdan valyuta almashinuvi faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan
Qirgʻiziston Milliy banki xabariga koʻra, 2026-yil 16-oktyabrdan Qirgʻizistonda naqd chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha yangi qoidalar kuchga kirdi. Yangi talablarga koʻra, valyuta ayirboshlash shoxobchalari operatsiya hajmidan qatʼi nazar, har bir mijozning shaxsini aniqlashi hamda uni sanksiya roʻyxatlari boʻyicha tekshirishi shart. Oʻzgarishlar tartibga soluvchi organ tomonidan 2026-yil 1-oktyabrda qabul qilingan.