Pashinyan: Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi 2031-yilga qoldirilmaydi
Armaniston hukumatining kechagi yigʻilishida Ozarbayjon bilan munosabatlar muhokama qilindi. Bosh vazir Nikol Pashinyan hukumat tinchlik shartnomasini imkon qadar tez imzolashga harakat qilayotganini va jarayonni 2031-yilgacha kechiktirmayotganini aytdi. U hujjat shu sanagacha imzolanishi niyatida ekanini, imzolash va ratifikatsiya qilish hukumat siyosiy yoʻnalishining bir qismi ekanini taʼkidladi.