2027-yildan ishsizlarga beriladigan nafaqa muddati oʻzgaradi
Qozogʻistonda 2027-yil 1-yanvardan ish joyini yoʻqotganlarga tayinlanadigan ijtimoiy toʻlov boʻyicha yangi tartib kuchga kiradi. Toʻlov muddati shaxs uchun necha oy davomida ijtimoiy ajratmalar amalga oshirilganiga bogʻliq boʻladi. Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tegishli oʻzgarishlarni 2026-yil 9-oktabrdagi 398-sonli buyruq bilan tasdiqladi, deb xabar bermoqda Egemen.kz.