Misr Qozogʻistonlik sayyohlar uchun kirishni osonlashtiradi
Misr Markaziy Osiyo davlatlari uchun joriy etilgan qoʻshimcha viza talablarini Qozogʻistonlik sayyohlar uchun bekor qiladi. Bu haqda NUR.KZ tashqi ishlar vazirligiga ishora qilib xabar bergan. Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdining Misrga rasmiy tashrifi doirasida Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdelatti bilan kengaytirilgan tarkibda muzokaralar oʻtkazilgan.