Shavkat Mirziyoyev ACWA kompaniyasi boshqaruv raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev ACWA kompaniyasi boshqaruv raisini qabul qildi
Surat: Daryo

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining birinchi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston—Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi hamda ACWA kompaniyasi boshqaruv raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqotda amaliy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Soʻnggi yillarda Saudiya Arabistoni kompaniyalarining mamlakat bozoriga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida yashil energetika, zamonaviy infratuzilma, yuqori texnologiyalar, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Tomonlar erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada yuqori bosqichga koʻtarishga tayyor ekanini qayd etdi. Uchrashuv yakunida saudiyalik investorlar Oʻzbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Telegramda kuzating @weareturks_news_uz

Ushbu yangilik Daryo manbasidan avtomatik ravishda qisqartirilib, tarjima qilingan. Yangilikning barcha huquqlari manbaga tegishli.

Aloqador yangiliklar

Telegramda kuzating