Atabayeva, Aliyeva va Mirziyoyeva Turkman gilami muzeyiga tashrif buyurdi
Gurbanguly Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamgʻarmasining tibbiy faoliyat boʻyicha vitse-prezidenti Ogulchahan Atabayeva, Heydar Aliyev jamgʻarmasining vitse-prezidenti Leyla Aliyeva va Oʻzbekiston Prezidenti Maʼmuriyati rahbari Saida Mirziyoyeva seshanba kuni Ashxobaddagi Turkman gilami milliy muzeyiga tashrif buyurdi. Turkmaniston OAVining xabar berishicha, mehmonlarga turkman gilamchiligi tarixi, anʼanalari hamda milliy naqsh va rang xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan.