Qozogʻiston benzin va dizel aksizini 95 foizdan 50 foizga tushirishni rejalashtirmoqda
Qozogʻiston Milliy iqtisodiyot vazirligi 2027-yil 1-yanvardan benzin va dizel yonilgʻisiga solinadigan qoʻshimcha aksiz ulushini 95 foizdan 50 foizgacha tushirish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Vazirlik bu yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi narxlarning avtomatik arzonlashishini anglatmasligini taʼkidladi.