QQS ni 16% ga oshirish byudjetga qancha daromad keltirdi?
Kurultoy deputati Olga Perepechina Qozogʻistonda qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasini 12% dan 16% ga oshirish byudjetga hukumat kutgan qoʻshimcha daromad keltirmaganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, hukumat ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarning bazaviy koʻrsatkichlarini har yili qayta koʻrib chiqadi va 2027-yil uchun asosiy koʻrsatkichlarning hech biri dastlab rejalashtirilgan darajada saqlanmagan.