Qozogʻiston Milliy banki bazaviy stavkani 15,75%gacha tushirdi
Qozogʻiston Milliy banki bazaviy stavkani 16,25%dan 15,75%gacha tushirdi. Egemen Qazaqstan xabariga koʻra, qarorga yillik inflyatsiyaning sekinlashuvi va tenge kursining mustahkamlanishi taʼsir qilgan. Sentyabr oyi yakunlariga koʻra, Qozogʻistonda yillik inflyatsiya 9,3% ni tashkil etdi, inflyatsiyaning pasayish tendensiyasi esa ketma-ket 12 oy davom etmoqda.